Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev mustaqillikning öttiz uç yilligini nişonlaş arafasida “Jazo muddatini ötayotgan, qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan bir guruh şaxslarni afv etiş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Farmonga muvofiq, Özbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan 522 nafar şaxs afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 159 nafari asosiy jazodan ozod etildi, 303 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 60 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi.
Afv etilganlarning 19 nafarini çet el fuqarolari, 56 nafarini ayol, 25 nafarini 60 yoşdan oşgan erkak, 233 nafarini yoşlar (şulardan, 1 nafari voyaga yetmagan) hamda 27 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça mas’ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi.












