Şavkat Mirziyoyev Fransiya poytaxti Parij şahrida ötayotgan Paralimpiya öyinlarida oltin medallarni qölga kiritgan Asila Mirzayorova va Qudratulla Ma’rufxöjayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari boşqa sovrindor va iştirokçi sportçilarga ham salom yöllab, muvaffaqiyatlar tiladi.
Prezident yengil atletikaçilar Asila Mirzayorova va Qudratulla Ma’rufxöjayevni qölga kiritilgan ğalaba bilan Özbekiston nomidan tabriklab, körsatgan matonatlari uçun minnatdorlik bildirdi.
“Bu maşaqqatli mehnatingiz samarasi. Jahon çempionatida oltin medal olganingizda menda juda katta işonç paydo bölgan edi. Umidimizni oqlaganingiz uçun katta rahmat, qizim. Bu katta yutuq. Sevimli qizlarim nimaga qodir ekanligini dunyoga namoyiş etdingiz”, dedi davlat rahbari Asila Mirzayorova bilan suhbatda.
Şavkat Mirziyoyev çempionlarni qizğin tabriklab, mehrli sözlarini izhor qildi. Murabbiylari va ota-onasiga minnatdorlik bildirdi. Boşqa sovrindor va iştirokçi sportçilarga ham salom yöllab, muvaffaqiyatlar tiladi.
Ma’lumot uçun, Asila Mirzayorova uzunlikka sakraşda 5,22 metr natija qayd etib, salkam 30 yil oldingi paralimpiya rekordini yangiladi. Qudratulla Ma’rufxöjayev esa yadro uloqtiriş bahsida ğolib böldi.











