Parij Paralimpiadasida para taekvondo bahslarida Özbekiston navbatdagi medallarini qölga kiritdi.

-80 kg vazn toifasida dayanga çiqqan Asad Toştemirov finalda meksikalik Luis Mario Najyerani 38:17 hisobida mağlubiyatga uçratib, jahon çempionligi yoniga Paralimpiada ğolibligini ham qöşib qöydi.

+65 kg vazn toifasida dayanga çiqqan, Tokio-2020 çempioni Guljanoy Naimova esa finalda britaniyalik Emi Trusdeylga qarşi bahsda jarohat olib, jangni oxirigaça davom ettirolmadi va 2:8 hisobida yutqazib, bu safar kumuş medalga sazovor böldi.
Natijada Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 10 taga yetdi — 4 oltin, 3 kumuş, 3 bronza.











