Rossiyaning Sibir hududida yerdagi sirli ulkan teşik tez kengayib bormoqda, koinotdan olingan fotosuratlar buni qayd etyapti.
Uning hajmi har yili taxminan 1 million kub metrga oşyapti. Bu Batagay krateri bölib, ba’zan «dözax darvozasi» deb ataladi. Bu butun sayyoraga ta’sir qiladigan ança katta, köpinça körinmas muammoni ifodalaydi, deb yozdi Business Insider.
«Teşik skat, qiliçdum yoki ulkan itbaliqqa öxşaydi. Dastlab bu kiçik yoriq bölib, 1960 yillardagi sun’iy yöldoşdan olingan tasvirlarda deyarli körinmas edi. Endi u fazodan yaqqol körinib turadigan tik qoyalardan iborat jarlikdir. AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotlariga köra, 1991-2018 yillar oraliğida teşik uç baravar kattalaşgan», deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Batagay aslida krater emas. Bu dunyodagi eng katta «regressiv eriş teşigi» bölib, abadiy muzlikning erişi paytida hosil böladigan teşikdir. U yer yuzasining öpirilişiga olib keladi va uning atrofida köçki hosil qiladi.
Ta’kidlanişiça, Arktikada minglab şunday teşiklari mavjud, ammo Batagay krateri kattaligi mega çökma unvoniga sazovor bölgan.
Sent-Luisdagi Vaşington universiteti geofiziki Rojyer Maykloids sözlariga köra Batagay krateri «maşhur» abadiy muzlik hisoblanadi.
«Asrlar davomida uning içida muzlab qolgan barça ölik ösimliklar va hayvonlar muz erişi bilan atmosferaga karbonat angidrid va metan çiqara boşlaydi. Bu dahşatli oqibatlarga olib kelişi mumkin. Çunki bu gazlar global haroratni kötarib, muzliklarning erişini tezlaştiradi. Abadiy muzliklar Şimoliy yarimşarning 15 foizini qoplagan va atmosferaga qaraganda 2 barobar köp karbonat angidridga ega», dedi u.
Olimlarning hisob-kitoblariga köra, agar dunyo davlatlari bugungi kunda öz çiqindilarini faol ravişda çeklamasa, abadiy muzlik erişi oqibatida 2100 yilga borib sayyorani isituvçi gazlar sanoatniki bilan tenglaşişi mumkin. Batagay hozir yiliga 4000-5000 tonna uglerod çiqarmoqda.
Ta’kidlanişiça, abadiy muzlikning erişi iqlim inqirozini tezda yomonlaştirişi mumkin. Lekin bu haligaça sirli jarayon. Batagay kabi ekstremal joylarni örganiş olimlarga abadiy muzning erişini tuşunişga va kelajakka nazar taşlaşga yordam beradi.












