Yaponiyada mamlakat aholisi va kompaniyalarni haftasiga tört kunlik iş rejimiga ötişga köndirib işçi kuçi yetişmayotgani tufayli yuzaga kelayotgan muammoni hal etişga urinmoqda.
Yaponiya hukumati 2021 yilda ma’qullangan iş haftasining qisqarişiga oid ğoyani ilk bor qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi. Soğliqni saqlaş, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi ma’lumotlariga köra, Yaponiyadagi kompaniyalarning qariyb 8 foizi öz xodimlariga haftasiga uç kun dam olişga ruxsat beradi, ammo 7 foiz kompaniya xodimlarga haftasiga bir kun dam bermoqda.
Hukumat iş vaqtini qisqartiriş va boşqa moslaşuvçan tartiblarni, xususan, qöşimça iş vaqti va yillik pulli ta’tillarni çeklaşni tarğib qiluvçi «iş uslubini isloh qiliş» kampaniyasini boşlagan.
«Işçilar özlarining şaroitlariga qarab turli xil iş uslublarini tanlaşlari mumkin bölgan jamiyatni yaratiş orqali biz ösiş va taqsimlaşning yaxşi siklini yaratişni hamda har bir işçining yaxşi istiqbolga ega bölişiga imkon berişni maqsad qilganmiz», — deyiladi xabarda.
Tadbirkorlik sub’yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça yangi xizmatlarni nazorat departamentiga köra, hozirgaça faqat uçta kompaniya özgarişlar, tegişli qoidalar va mavjud subsidiyalar böyiça maslahat söragan — bu mazkur taşabbus duç keladigan muammolar qançalik kuçli ekanidan dalolat beradi.
Yana bir körsatkiç juda muhim: elektronika vositalarini işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi Panasonic Holdings kompaniyasining 63 ming nafar xodimi haftasiga tört kun işlaş huquqiga ega bölsa-da, dam oliş kunlaridan faqat 150 nafar xodim foydalangan.
Hukumatning iş va şaxsiy hayot örtasidagi muvozanatni yaxşilaş borasidagi qöllab-quvvatlovi Yaponiyada katta özgarişlarni anglatadi — mamlakat Ikkinçi jahon uruşidan keyin iqtisodiy ösişga aynan xalqining mehnatkaşligi sabab erişgan.

















