Bir paytlar GDR hududi bölgan Germaniya şarqidagi mahalliy yer saylovlari tarixiy deb atalmoqda va ularning oqibatlari kuçlar taqsimotini özgartirişi va Berlindagi siyosatga öz ta’sirini ötkazişi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga köra, 1 sentabr, yakşanba kuni ötkazilgan saylovlarda Tyuringiyada “Germaniya uçun muqobil” (GuM) partiyasi 33 foiz ovoz jamğarib, ğolib çiqqan. Uning eng yaqin ta’qibçisi konservativ Xristian demokratik ittifoq (XDI) qariyb ön foizga ortda bormoqda.
Tyuringiyada öng ekstremistlarning muvaffaqiyati
2013 yilda tuzilgan va Germaniyada öng populistik partiya sanaluvçi GuM uçun bu mahalliy yer miqyosida rekord muvaffaqiyat sanaladi. Saksoniyada ham GuM yetakçilar qatoriga kötarilgan va 32 foiz ovoz töplagan XDIdan bor-yöği bir foiz ortda qolgan. Bunday natijalar fonida GuM avval hisoblab kelinganidek, şunçaki protest partiyasi körinmayapti. Sörovlar köpçilik bu partiyaga ming muşohada qilib ovoz berganini aytgan.
Sotsiologlarning qayd etişiça, yoşlar orasida GuM yanada katta maşhurlikka ega. Tyuringiyada 18-24 yoşli saylovçilarning 38 foizi ultraönglarga ovoz bergan.
Ğarb OAVlarining qayd etişiça, Ikkinçi jahon uruşidan buyon ilk marta öng ekstremistik partiya Germaniyadagi mahalliy yer saylovlarida eng kuçli natijalarga erişgan. Har ikki yerda konstitutsiyani himoya qiluvçi taşkilotlar GuMni öng ekstremistik deb tan olgani, uni maxsus xizmatlar muttasil kuzatişi ham saylovçilarni çöçita olmagan körinadi. GuMning Tyuringiyadagi rahbari 52 yoşli Byorn Hyokke partiyaning öng ekstremistik qanoti rahbarlaridan biri sanaladi. Saylovdan biroz avval u natsistlarga xos ibora işlatgani uçun jarimaga tortilgan edi. Bir neça yil avval esa sud Hyokkeni “faşist” deb ataş mumkinligi töğrisida qaror çiqargan. Endi u Tyuringiya boş vaziri lavozimiga nomzod.
Ukrainaga qurol-yaroğ bermaslik töğrisidagi çaqiriqlar
Yangi, 2024 yilning boşida tuzilgan söl populistik “Sara Vagenknext Ittifoqi” (SVI) partiyasi ham muvaffaqiyatga erişgan. Yil boşida noldan tuzilgan partiya köplab partiyalardan özib ketgan va Tyuringiyada 15 foiz, Saksoniyada esa 11 foiz ovoz töplagan. Partiya Söl partiyaning parçalanişidan söng paydo bölgan. Öşanda sölçilarning bundestagdagi fraksiyasi rahbari Sara Vagenknext ularni tark etgan edi. Söl partiyaning özi har ikki parlamentga öta olgan bölsa-da, köplab ovozlarni boy bergan va ularning katta qismini SVI öziga oğdirib olgan.
Yetakçilar uçligidan har ikki partiya GuM va SVI Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazilişiga qarşi va Rossiyaga qarşi Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy etilgan sanksiyalarning olib taşlanişini yoqlaydi. Ularning fikriça, Kiyevga qurol-yaroğ yetkazilişi Rossiya bilan uruş xavfini oşiradi, sanksiyalar esa avvalo Germaniya iqtisodiyotiga zarar bölmoqda. Garçi federal yerlar GFRning taşqi siyosatiga töğridan töğri ta’sir ötkaza olmasa-da, SVI Rossiyaning Ukrainaga oçgan uruşini diplomatik yöl bilan tugatişni boş mavzu qilib olib, Germaniyada köpçilikni taajjublantirdi. U özini “tinçlik partiyasi” sifatida taqdim etib, saylov kampaniyasini ötkazdi. Boz ustiga, nomi partiyaga berilgan yetakçisi, 55 yoşli Sara Vagenknext Ukraina böyiça “diplomatiya”ga urğu beriş, şuningdek, Germaniyada AQŞning uzoq masofaga uçuvçi raketalarini joylaştiriş böyiça rejalarini bekor qiliş — uning partiyasining mahalliy yer hukumatlarida iştirok etişning boş şarti ekanini aytgan. Saylovlar çoğida Vagenknext xonimning qat’iy ohangi biroz susaydi, lekin bu mavzu muzokaralarda, albatta, kötarilişini ta’kidlagan.











