Ğazo sektorida garovga olingan olti nafar isroillikning jasadi topilişi ortidan Isroil muxolifati yetakçisi Yair Lapid Binyamin Netanyahu hukumatiga qarşi norozilik namoyişlari va umumiy iş taşlaşga çaqirdi. «Netanyahu va ölim kabineti garovga olinganlarni qutqarmaslikka qaror qilişdi, - deb yozdi Lapid 1 sentabr, yakşanba kuni X platformasida. - Ular ölimlar uçun javobgardir». Lapid «bugun ertalab yuragi ezilgan har bir fuqaroni» Tel-Avivdagi namoyişda iştirok etişga çaqirdi. U kasaba uyuşmalari, iş beruvçilar va mahalliy hokimiyat organlarini iş taşlaşga çaqirdi.

Şu kuni Isroilning eng yirik kasaba uyuşmalari federatsiyasi hukumatga bosimni kuçaytiriş maqsadida umumiy iş taşlaş e’lon qildi. Ğazo sektoridagi garovga olinganlarni endi «yolğiz qoldiriş» mumkin emas, dedi Gistadrut kasaba uyuşmasi rahbari Arnon Bar-David. «Men faqat bizning aralaşuvimiz uyğonişga muhtojlarni uyğotişi mumkin degan xulosaga keldim», dedi Bar-David boş vazir Binyamin Netanyahu hukumatiga qarata. 2 sentabr kuni ertalab soat 6 dan boşlab «butun Isroil iqtisodiyoti keng kölamli iş taşlaşga kirişadi», deb yozgan kasaba uyuşmasi rahbari. 

Garovga olinganlarning jasadida öq izlari topilgan 

Bir kun avval TsAHAL Rafah aholi punkti yaqinida yahudiy davlatiga hujum çoğida hamasçilar tomonidan öğirlab ketilgan olti nafar garovga olingan şaxs jasadini topdi. Jasadlar yerosti tunnelidan çiqarilib, Isroilga olib ketilgan. Ynet Isroil naşrining sud-tibbiy ekspertiza xulosalariga tayanib yozişiça, garovga olinganlar sönggi 48 soat içida öldirilgan.

Hozirda 97 kişi falastinliklar qölida garovda qolmoqda, biroq Isroil razvedka xizmatlari ma’lumotlariga köra, ulardan 33 nafari halok bölgan. 

Yaqin Şarqdagi keskinlaşuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida Hamasga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.