2030 yilga borib Afrikaning 118 million qaşşoq aholisi qurğoqçilik, suv toşqinlari va haddan taşqari issiqlik oqibatlarini boşdan ötkazadi. Bu haqda Xalqaro meteorologiya taşkilotining (XMT) hisobotida söz boradi.

Hujjatga köra, qit’a iqlim özgarişining tobora oğir yukini va zarur moslaşuv uçun nomutanosib ravişda yuqori xarajatlarni öz zimmasiga olişga majbur bölmoqda.

Hisobotda keltirilişiça, Afrika davlatlari örtaça 2-5 foiz YaIMni yöqotmoqda, aksariyati esa öz budjetining 9 foizgaça bölgan qismini ekstremal iqlim hodisalariga qarşi kuraşga yönaltiryapti.

Ta’kidlanişiça, Sahroi Kabirdan janubda joylaşgan Afrika davlatlari keyingi ön yillikda iqlimga moslaşiş uçun yiliga 30-50 milliard dollar yoki YaIMning 2-3 foizini sarflaydi.

XMTga köra, Afrika davlatlari milliy meteorologik va gidrologik xizmatlarga sarmoyalarni köpaytirişga ustuvor ahamiyat berişi, hayot va tirikçilik vositalarini saqlab qoliş uçun «Barça uçun erta ogohlantirişlar» taşabbusini amalga oşirişni tezlaştirişi kerak.

Xalqaro meteorologiya taşkiloti boş kotibi Selesta Sauloning ma’lum qilişiça, sönggi 60 yil içida Afrikada haroratning isişi dunyodagi örtaça körsatkiçdan tezroq röy bermoqda. «2023 yilda qit’a issiqlining halokatli tölqinlarini, kuçli yoğingarçiliklar, suv toşqinlari, tropik siklonlar va davomiy qurğoqçiliklarni boşdan keçirdi», — deydi u.

Sauloning qöşimça qilişiça, şu kabi holat 2024 yilda ham saqlanib qolgan bölib, bu gumanitar inqirozni yanada kuçaytirmoqda.