Ekspertlari Özbekiston kiberxavfsizlik sohasida 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelayotgan ONESEC kompaniyasi kibertahdidlarni razvedka qiliş böyiça Threat Intelligence (OneTI) tahliliy platformasini taqdim etdi. Mazkur yeçim kiberxavflarni monitoring qiliş, hujumlarni tahlil qiliş va taşkilotlarning AT (axborot texnologiya) infratuzilmasini himoya qilişga möljallangan.

Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Özbekistonda 60 000 dan ortiq kiberjinoyat qayd etilgan. Sönggi bir neça yil içida ularning soni 10 barobarga oşgan, umumiy zarar esa 2 trln sömga baholanmoqda. Kiberjinoyatçilikning ösib borişi fonida biznes raqamli aktivlarni proaktiv himoya qilişga tobora köproq ehtiyoj sezmoqda.

OneTI platformasi kompaniyalar tahdidlarni oldindan aniqlaşi va hujumlarning oldini olişi uçun işlab çiqilgan. Tizim kibertahdidlar haqidagi ma’lumotlarni turli manbalardan — oçiq kanallar, darknet, ixtisoslaşgan xizmatlar, tahliliy bazalardan töplaydi va tahlil qiladi, bu esa hujumlarning yaxlit manzarasini şakllantiriş hamda ehtimoliy xavfsizlik insidentlariga tezroq munosabat bildiriş imkonini beradi.

Platforma imkoniyatlari qatoriga kompaniyalar brendi ostidagi fişing saytlarini aniqlaş, firibgarlikka oid tölov rekvizitlarini topiş, ma’lumotlar sizib çiqişini monitoring qiliş, zararli fayllarni tahlil qiliş, darknetdagi faollikni kuzatiş va zaifliklar bazalari bilan işlaş kiradi. Şuningdek, tizim ğaraz niyatli şaxslar guruhlari faoliyatini va ularning hujum usullarini tahlil qiliş imkonini ham beradi.

OneTI tahdidlar haqidagi ma’lumotlarni qayta işlaşni avtomatlaştiriş va insidentlarga munosabat bildirişni tezlaştiriş imkonini beradi. Buning natijasida kompaniyalar kiberhujumlar va moliyaviy yöqotişlar xavfini kamaytirgan holda, xavfsizlikning reaktiv modelidan proaktiv modeliga ötişlari mumkin.

Platforma özbek tilini qöllab-quvvatlaydi, Telegram, SMS va elektron poçta orqali kritik hodisalar haqida tezkor bildirişnomalar yuborişni közda tutadi, şuningdek, ONESEC ekspertlari tomonidan öqitiş va qöllab-quvvatlaşni öz içiga oladi.

Telefon raqami: (+998) 88-263-77-00

 Manzil: Toşkent şahri, Seul köçasi, 4-uy. 

 

 E-mail: [email protected]

 Sayt: https://oneti.uz/uz