Ijtimoiy tarmoqlarda Nişon tumani soliq inspeksiyasi xodimlari maktab öquvçilaridan ota-onalariga soliqlarni vaqtida tölaşni yetkazişni sörab, xabarnoma tarqatgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda keltirilişiça, soliq xodimlari buni 2-sinf öquvçilaridan söragan.
“Assalomu alaykum, hurmatli öquvçilar. Avvalambor, hammalaringni bayramlaring bilan, yangi öquv yili bilan tabriklaymiz. Öqişlaringga omad. Bizlar Nişon tuman soliq inspeksiyasidan kelyapmiz. Sizlarga iltimos, eslatma. Hammalaring ota-onalaringga olib borasizlar, yaşab turgan uy-joylaringning mol-mulk va yer soliqlarini soliq inspeksiyasiga borib, yoki telefondan “Soliq” ilovasidan foydalanib tölaş kerak. Hozir tarqatib çiqadi. Uy kimning nomida bölsa, borib soliqqa hisoblab tölaydi. Bir yilda soliq ikkiga bölib tölanadigan bölsa, bir qismi 15 aprel, qolgan yarmi 15 oktyabrga qadar [tölanişi kerak] deb aytib ötilgan. Şu oydan soliqlarni hisoblatib, tölab keliş talab etiladi. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida fuqarolar qonun bilan belgilangan soliq va yiğimlarni tölaşi şart deb aytilgan, tuşundinglarmi? Iltimos sizlardan”, – deydi xodim.
Videoda boşqa bir soliq organi xodimi eslatma xatlarini tarqatib çiqqani körinadi.
Soliq qömitasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, Qaşqadaryo viloyatidagi holatni noörin deb hisoblaşi va keskin qoralaşini ma’lum qildi.
“Qaşqadaryo viloyatida soliq organlari tomonidan maktab öquvçilariga yer va mol-mulk soliqlarini tölaş töğrisida eslatmalar berilgani yuzasidan videolar tarqatildi. Ta’kidlab ötamiz, davlat soliq xizmati organlari bunday xatti-harakatlarni noörin deb hisoblaydi va keskin qoralaydi. Soliq qömitasi rahbariyati tomonidan uşbu xodimlarning harakatlari yuzasidan soliq tekşiruvlari tayinlandi va barça hududiy soliq organlariga ogohlantirişlar berildi”, – deydi qömita matbuot kotibi Dildora Hoşimova öz videobayonotida.
Bolalar ombudsmani bola manfaatlari buzilişiga oid bu holatni örganayotganini ma’lum qildi.
“Maktab öquv jarayoni iştirokçisi bölmagan begona şaxslarni ta’limga oid tartib-qoidalarini qöpol ravişda buzgan holda dars jarayoniga kirib borişi va uni buzişi, bolalarga qandaydir noqonuniy talablar bilan murojaat qilişi – mutlaqo yöl qöyib bölmaydigan holat!











