Özbekiston maktablarida 4 sentabrdan darslar boşlandi. 700 mingdan ziyod bola bu yil birinçi sinfga çiqdi. Xöş, ular uçun dastlabki qönğiroq qanday ötdi? Kun.uz muxbiri Toşkent şahridagi maktablardan birida bölib, öquvçilar bilan suhbatlaşdi.

Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi 128-maktab unça ham katta emas, u 400 öringa möljallangan. Şu sababli bu maktabda bittagina 1-sinf taşkil qilingan. Kun.uz darslar boşlanişi munosabati bilan şu maktabda böldi va bolalar bilan suhbatlaşdi.

Bolalar maktabga çiqqanidan juda xursand. Hatto ayrimlari ta’tilni yomon körişini, maktab yaxşi ekanini bildirdi. Yana ayrimlari esa yangi döstlar orttirganidan, kelgusida neça bahoga öqişi juda qiziqtirayotganini aytdi.

Bundan taşqari, askar bölişni istovçi yana bir bola buning uçun a’lo baholarga öqiş kerakligini aytarkan, şunga intilişga va’da berdi. Albatta, hamma 7 yoşlilar ham ilk darsini xursandçilik bilan kutib olgani yöq. Ba’zilarining közida yoş ham bor edi.

Bolalarning savollarga bölgan qiziq munosabatlarini yuqoridagi video orqali töliq tomoşa qilişingiz mumkin.

Kun.uz yangi öquv yili boşlangani bilan barça öquvçilarni , ularning ota-onalari va öqituvçi-murabbiylarni tabriklaydi. Ularga faqat va faqat muvaffaqiyat tilaydi!