4 sentabr, çorşanba kuni AQŞning Jorjiya ştatidagi «Apalaçi» örta maktabida 14 yoşli öquvçi öt oçdi. Kamida tört kişi halok böldi, yana töqqiz kişi jarohat olib kasalxonaga yotqizildi, deya xabar beradi Jorjiya ştati tergov byurosi (GBI). Hujum qurbonlari ikki öquvçi va ikki öqituvçi bölgan.

CNN manbalarining aytişiça, jabrlanganlar soni 30 nafarga yetişi mumkin, ammo ularning qançasi öqdan jarohat olgani noma’lum. Kasalxonaga yotqizilgan öquvçilar va bir öqituvçi omon qolişi kutilmoqda, deya xabar bermoqda telekanal Barrou okrugi şerifiga tayanib. 

Otişma sodir etgan şaxs avvalroq politsiya tomonidan söroq qilingan

Hujum qilgan Kolt Grey ekanligi aniqlanib, u qölga olindi va qotillikda ayblandi. Rasmiylarga köra, politsiya Uinder şahridagi maktabga otişma boşlanganidan bir neça daqiqa ötib yetib kelgan, öt oçgan öquvçi darhol huquq-tartibot xodimlariga taslim bölgan. 

CNN ta’kidlaganidek, ötgan yili maktab öquvçisi Grey internetda maktabda otişma uyuştiriş bilan tahdid qilgani haqidagi anonim xabarlar yuzasidan politsiya tomonidan söroq qilingan edi. Öşa söroq paytida öquvçi öz aybini tan olmadi.

Uinderda xavfsizlik çoralari kuçaytirildi. GBI rahbari Kris Xosi Greyning şerigi borligi haqida heç qanday dalil yöqligini aytdi. Şu bilan birga, Xosining aytişiça, politsiya yaqin atrofdagi maktablarda boşqa tahdidlar bor-yöqligini tekşirmoqda.