Asialuxe Travel Hurgadaga sayohat qiluvçilar qadimgi Misr atmosferasini his qilişlari uçun fir’avnlar barpo qilgan Luksor ibodatxonasiga tur taşkil qilgan. Yelkanli kemalarga töla Nil daryosi uzra yoğoç qayiqda haqiqiy ertaklar olamida sayr qilganday bölasiz.
Misrga sayohat qiluvçilarning birinçi tanlagan yönalişi Misr piramidalarni köriş uçun Qohira böladi. Lekin Luksorda piramidalar va sfinkslar bölmasa-da, u 4000 yil oldin barpo qilingan qadimiy yodgorliklar va dunyodagi saqlanib qolgan ibodatxonalarning uçdan bir qismiga ega.

Asialuxe Travel turoperatori özbekistonliklar uçun yangi sayohat yönalişini oçdi. Hurgada – qizil dengiz böyidagi gözal kurort şahar. Asialuxe Travel sayohat qiluvçilarga faqatgina dengizdan zavqlaniş uçun şaroit yaratibgina qolmay, qadimgi Misr atmosferasini his qilişlari uçun ham yordam beradi. Siz Hurgadaga sayohat davomida yo Qohiraga, yoki Luksorga tur uyuştirişni tanlasangiz böladi.
Kun.uz jamoasi Hurgadaga safar çoğida Luksorda bölib, u yerdan fotoreportaj tayyorladi. Hurgada Misrning boşqa kurort şaharlariga nisbatan Luksorga eng yaqin şahar hisoblanadi. Taxminan 3,5 soatlik yöl bosib, Luksor ibodatxonasiga yetib bordik.

Biz ikkita manzilda böldik: Karnak ibodatxonasi va Hatsepşut – öliklar ibodatxonasi.
Misrning sobiq diniy markazi bölgan Karnakdagi ulkan majmuaga kirişda sfinkslardan iborat uzun xiyobondan ötasiz. Ramzes II tomonidan qurilgan kiçikroq xiyobondan ötib, 134 ustundan iborat oçiq zalga kirasiz. Asosiy hovli uçta ibodatxonadan iborat. Ustunli zal Gipostil deb ataladi, ularga iyeroglif yozuvlari öyilgan. Fir’avnlar özlariga atab iyerogliflar çizdirgan.























