Kun.uz sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov va yana ikki kişining ayblov xulosasi bilan tanişdi. Unda keltirilişiça, Voitovga qöyilayotgan ayblovlarning bir qismi uning “Özsanoatqurilişbank” ATB boşqaruvi raisi sifatida işlagan davriga boğliq.
Aziz Voitov 2017 yil 13 dekabrdan 2020 yil 11 martga qadar “Özsanoatqurilişbank” ATB boşqaruvi raisi, 2020 yil 8 iyuldan “Özsanoatqurilişbank” ATB Kuzatuv kengaşi raisi, 2022 yil 29 avgustdan 2023 yil 25 sentabrga qadar qişloq xöjaligi vaziri sifatida faoliyat yuritgan. Ayblov xulosasiga köra, u uşbu lavozimlarda işlab kelib, özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş, mansab vakolatini suiiste’mol qiliş, mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş va mansab soxtakorligida ifodalangan jinoyatlarga qöl urgan.
Jumladan, ayblov xulosasida keltirilişiça, Voitov 2016 yil 23 iyunda kursdoşi A.Örunboyevning nomiga “Lanell group” MÇJni taşkil etib, uni jamiyatga nominal rahbar sifatida tayinlagan hamda aslida jamiyat faoliyatini qaynotasi A.Karimov va turmuş örtoği G.Voitova bilan birgalikda norasmiy ravişda boşqarib kelgan. U jamiyat faoliyatining asosiy yönalişini amalda özi belgilab, TIF “Milliybank” Akademik filialidan jami 21,7 mlrd söm kreditni muammosiz olişga erişgan. Mazkur kredit olinişi uçun biznes rejada kalava iplarni böyaş va işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullaniş orqali kreditni söndiriş körsatilgan bölsa-da, Aziz Voitov turli yöllar bilan kredit mablağlarini qasddan tölamay kelgan. Bu orqali 21 mlrd 779,4 mln söm kredit mablağlarini özlaştiriş yöli bilan talon-toroj qilgan.
Voitov “Özsanoatqurilişbank” ATB boşqaruvi raisi lavozimida işlab kelib, jinoiy şeriklari bilan til biriktirgan holda garçi salbiy kredit tarixiga ega bölsa-da, “Lanell Group” MÇJga aylanma mablağini töldiriş uçun garov ta’minotisiz “Özsanoatqurilişbank” ATB Olmazor filialidan 600 ming yevro kredit olgan. Biroq 2019-2022 yillar davomida kredit tölov muddatini 2027 yil sentabr oyiga qadar 7 marotaba noqonuniy yöllar bilan uzaytirib, 600 ming yevro kredit mablağlarini talon-toroj qilgan.
2018 yilda Hukumat topşiriği bilan bank mablaği hisobidan Toşkent viloyati Ohangaron şahrida köp qavatli turar joy binosi, şuningdek, Nurafşon şahrida “Özsanoatqurilişbank” ATB Toşkent viloyat mintaqaviy filiali xodimlari uçun 7 qavatli turar joy binosi qurilişi belgilangan. Voitov va uning tanişlari uşbu işdan ham foydalanib qolişgan: pudratçi tender ötkazilgan holda aniqlanib, quriliş işlarini amalga oşiriş lozim bölsa-da, Aziz Voitov qonun talablariga zid ravişda bino qurilişini “Beltepa master stroy” MÇJga beriş töğrisida “Özsanoatqurilişbank” ATB Toşkent viloyat mintaqaviy filiali boşliği noqonuniy topşiriq bergan. Voitov tanişlari bilan reja tuzib, “Beltepa master stroy” MÇJga “aylanma mablağlarini töldiriş” va “quriliş mollari sotib oliş” uçun kredit ajratiş, kelgusida kredit evaziga qurib bitkaziladigan binoni qimmat narxlarda bank balansiga topşiriş haqida kelişib olişgan.

















