Toşkent viloyatining Sirdaryo va Namangan viloyatlari bilan çegara hududlariga özgartirişlar kiritilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdagi sessiyasida Kadastr agentligining Toşkent viloyati boşqarmasi tomonidan taklif etilgan qaror loyihasi taqdimotida ma’lum qilingan.

Qayd etilişiça, viloyatlararo çegara çiziqlarini bir çiziqqa keltiriş maqsadida quyidagi özgarişlar taklif qilinmoqda:

  • Sirdaryo viloyatining 5 ta (Sirdaryo, Sayxunobod, Guliston, Boyovut tumanlari va Şirin şahri) hududidan 310,4 gektar yer maydoni Toşkent viloyati hududiga ötkazilişi;
  • Toşkent viloyatining 6 ta (Çinoz, Quyi Çirçiq. Oqqörğon, Böka, Bekobod tumanlari va Bekobod şahri) hududidan 347,2 gektar yer maydoni Sirdaryo viloyati hududiga ötkazilişi (örtadagi farq 36,8 ga);
  • Namangan viloyatining Pop tumani hududidan jami 38,8 gektar yer maydoni Toşkent viloyati hududiga ötkazilişi;
  • Toşkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan jami 26,3 gektar yer maydoni Namangan viloyati hududiga ötkazilişi (örtadagi farq 12,5 ga).

Qaror loyihasi mahalliy kengaş deputatlari tomonidan ma’qullangan.