6 sentabr kungi sud majlisi avvalida advokat Abduraimov sudga OAV vakillari işirokini taqiqlaş haqida iltimosnoma kiritdi. Işga raislik qilayotgan sudya Sardor Sodiqov sud majlisining boşqa iştirokçilaridan bunga munosabatini söradi.
Bir neça advokatlar va sudlanuvçilar jurnalistlar iştirokini taqiqlaş böyiça iltimosnomani qöllab-quvvatladi. Advokatlar bunga sabab sifatida sud majlisidan notöğri ma’lumotlar çiqib ketişi mumkinligini keltirdi.
Sud majlisida qatnaşgan Kun.uz muxbirining ma’lum qilişiça, ayrim advokatlar buni qöllab-quvvatlamasdan, foto-video va audioyozuvlarni amal oşirişga e’tirozi yöqligini, faqat tayyorlanadigan materiallarda jurnalistlar tomonidan şarh bölmasa kifoya ekanini bildirişgan.
Sud majlisida sudlanuvçilardan biriga söz navbati berilganda, mazkur işlar haqida internetda xabarlar çiqqandan keyin uni ham qamab qöyişgani, sudlanuvçi 7 oy qamoqda bölişiga jurnalistlar sababçi ekanini aytgan. Boşqa sudlanuvçilar va davlat ayblovçisi tomonidan ham iltimosnoma qöllab-quvvatlangan. Sudda jurnalistlarga söz berilmagan va ularning fikrlari eşitilmagan.
Maslahatxonaga kirgan sudya advokatlar iltimosnomasini qisman qanoatlantirganini aytib, sud majlisida jurnalistlarning foto, video va audiomateriallar olişini taqiqlagan. Jurnalistlar sud majlisida iştirok etişi mumkinligi, ma’lumotlarni faqat qölyozma tarzida yozib olişi va şu tarzda yoritişi mumkinligi belgilangan. Şundan keyin jurnalistlar sud zalini tark etgan.
Jurnalistlar sudning uşbu qaroridan norozi bölişmoqda.
“Advokatlar keça qatnaşgan jurnalistlar sud jarayonini börttitib material tayyorlagan deb iddao qildi. Agar biz video va audioyozuvlarni qila olmasak, qanday qilib faktlarga asoslangan material tayyorlaşimiz mumkin. Sud jarayonini qoğozga yozib borişga ulgurmaymiz. Bu orqali sudya xato qilişimizga majbur qilyapti”, deydi jurnalist Mirolim Isajonov.
Jarayonlarda iştirok etgan yana bir jurnalist Mötabar Nurmuhammedova ham holatga öz munosabatini bildirdi:
“Iltimosnoma böyiça taraflarga söz berilganda biz, jurnalistlarga ham navbat berilişini kutgandik, lekin unday bölmadi. Sudya maslahatxonadan çiqib, iltimosnomani qisman qanoatlantirgandan söng navbat berildi. Keyin gapirganimizni nima foydasi bor? Bu sudda iştirok etayotgan advokatlarning aksariyati jurnalistlarni tanimas, bilmas ekan. Şunday bölsa-da, bizni huquqiy bilimsizlikda ayblaşgani şaxsan meni xafa qildi. Agar qaysi jurnalist xato qilsa, çora körsin, lekin sudda iştirok etmay xabar çiqarayotganlar uçun sudlarni doimiy yoritib boradigan professional jurlalistlar jabr körişi mumkin. Mening nazarimda sudya oçiq sudni yopiqqa aylantiriş uçun aynan advokatlardan, ularning fikrlaridan qurol sifatida foydalandi”







