Joriy yilda Turkiya va Özbekiston içki işlar vazirliklari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Istanbulda Özbekiston fuqarosi bölgan 43 yoşli ayol qölga olingan. Bu haqda Istanbuldagi Özbekiston Boş konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, R.Ş. firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021 yildan buyon Özbekistonda qidiruvda bölgan. Ayol 7 sentabr kuni Boş konsulxona xodimlari iştirokida Özbekistonga deportatsiya qilindi.

«Uşbu şaxsning xatti-harakatlaridan jabr körgan fuqarolardan Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasiga, Içki işlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qiliş söraladi», — deyiladi konsulxona xabarida.

Şuningdek, diplomatik muassasa jinoiy javobgarlikdan qoçib xorijiy davlatlarda, şu jumladan Turkiyada yaşirinib yurgan har bir şaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izçil ravişda davom ettirilişini, jinoyat uçun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanişini bildirgan.

«Şu bilan birga, keyingi vaqtlarda köplab firibgarlik holatlari yuzasidan Boş konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolarimizdan firibgarlardan ogoh bölişlarini söraymiz», deyiladi konsulxona axborotida.