Quvonarlisi, uşbu yönalişda yurtimiz şarafini himoya qilgan Nurxon Qurbonova 21.12 metr natija qayd etgan holda jahon rekordini yangiladi va delegatsiyamiz hisobiga 10-oltin medalni qöşib qöydi.

Ma’lumot uçun, F54 klassida nayza uloqtiriş böyiça amaldagi jahon rekordi ham aynan Nurxon Qurbonovaning öziga tegişli edi. Hamyurtimiz joriy yil Yaponiyada bölib ötgan jahon çempionatida 20.73 metr natija bilan jahon rekordini yangilaşga muvaffaq bölgan edi.

Eslatib ötamiz, Nurxon Qurbonova bundan avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya öyinlarida kumuş va bronza medallarini qölga kiritgan.

Ma’lumot uçun, Özbekiston jami 24ta medal – 10ta oltin, 8ta kumuş va 6ta bronza bilan umumjamoa hisobida 11-öringa kötarildi.