XVII yozgi Paralimpiya öyinlarida iştirok etgan Özbekiston delegatsiyasi Toşkentga qaytdi. Milliy paralimpiya qömitasida sovrindorlarga xonadon, maşina va pul körinişidagi “Prezident sovğalari” topşirildi.
28 avgust – 8 sentabr kunlari Fransiya poytaxti Parij şahrida taşkil qilingan XVII yozgi Paralimpiya öyinlarida tarixiy natija qayd etgan özbekistonlik sportçilar vatanga qaytişdi. Toşkent xalqaro ayeroportida rasmiylar, sportçilarning oila a’zolari, muxlislar hamda OAV vakillari iştirokida Paralimpiada sovrindorlari hamda iştirokçilarini tantanali tarzda kutib oliş marosimi bölib ötdi.
Marosimda sözga çiqqan rasmiylar matonatli sportçilarimizning 10 ta oltin, 9 ta kumuş va 7 ta bronza – jami 26 ta medalni qölga kiritib, haqiqiy qahramonga aylanişgani, şu natija bilan delegatsiya Paralimpiya öyinlarini 168 ta mamlakat orasida 13-örinda yakunlagani, jumladan, Osiyoda uçinçi, MDH, Markaziy Osiyo mintaqasi, Islom birdamligi va Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo mamlakatlar orasida birinçi örinni egallagani ta’kidlandi.
Uç karra paralimpiya öyinlari çempioni Husniddin Norbekov va oltin medal sohibi Asila Mirzayorova, murabbiy Sardor Abduxoliqov, şuningdek, çempionlarning ota-onalari sözga çiqib, kelgusida ham yangi zafarlarga erişiş uçun bor kuç-ğayratlarini işga solişlarini bildirişdi.
Şundan söng, Parij-2024 qahramonlari maxsus avtobuslarda Milliy Paralimpiya qömitasi tomon yöl olişdi. Qömita hovlisida taqdirlaş marosimi bölib ötdi, unda Senat raisi Tanzila Narbayeva va uning örinbosari Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Parij-2024 qahramonlariga davlat rahbarining sovğalarini topşirdilar.
Prezident qaroriga muvofiq,
- Oltin medal sohiblariga 200 ming AQŞ dollari, Tahoe avtomobili, 2 qavatli kottej:
- Kumuş medal sohiblariga 100 ming AQŞ dollari, BYD Song Plus EV Champion Flagship avtomobili va xonadon;
- Bronza medal sohiblariga 50 ming AQŞ dollari, BYD Song Plus DM-I Champion Flagship avtomobili va xonadon hadya qilindi.
Paralimpiya bahslarida ikki sportçi: Tolibboy Yöldoşev (oltin va bronza) hamda Nurxon Qurbonova (oltin va bronza) ikkitadan medalni qölga kiritişdi. Ularga 200 ming va 50 ming dollar alohida taqdim etildi. Maşina va uy esa bittadan, ya’ni oltin medal sohiblariga beriladigan Tahoye hamda ikki qavatli kottej sovğa qilindi.








