Paralimpiya bahslarida ikki nafar sportçimiz ikkitadan medal sohibi böldi. Nurxon Qurbonova nayza uloqtiriş bahslarida oltin, yadro uloqtirişdan esa bronza medali sohibi böldi. U Tokio olimpiadasida kumuş va bronza medali bilan taqdirlangandi. Endilikda çempion Los-Anjyeles öyinlarida ikki oltin medalni qölga kiritişni maqsad qilgan.

Namangan viloyati Mingbuloq tumani Dovduq qişloğida yaşovçi çempion va uning yaqinlari musobaqa tafsilotlari, bunday natijalarga erişiş yölida oila boşiga tuşgan taşvişlar haqida Kun.uz muxbiriga sözlab berdi.

Nogironning onasi böliş qiyin

“6 nafar farzandim bor. Ikkinçi farzandim tuğilganda şifokorlar uning umurtqa poğonasida nuqsoni borligini aytişdi. Nurxonni voyaga yetkazib, odamlar orasiga qöşiş oson bölmadi.

Dilfuza Bozorova, çempionning onasi

Bunday odamni tuşuniş qiyin, çunki uning öjarliklari böladi. Vaqt ötib qizim imkoniyati çeklanganlar kollejiga qabul qilindi va yengil atletikaning nayza uloqtiriş turi böyiça darslarga qatnay boşladi. Boşida 9 metrgaça nayza uloqtira olgan edi. Keyinçalik darslarga qatnab natijalarini yangiladi. Tortinçoqligi uçun ham boşida darslarga bormayman deb turib oldi. Qöşnimiz Yorqinbek öz yutuqlari bilan qizimni sportning uşbu turiga qiziqtira boşladi. Keyin olimpiada zaxiralari kollejiga qabul qilindi.

Foto: Husniddin Ato / Paralimpiya qömitasi

Allohga şukur, yaxşi kunlar ham keldi. Katta maşinalarda qizim butun mahalla böylab yurib barçaning havasini keltirmoqda. Soğlom odamlar erişa olmayotgan natijalarga erişmoqda. Olimpiada taqdimotida ham bu yutuqlar meniki emas, ota-onamniki deganida özimni qöyarga joy topa olmadim. Qizimning haqqiga doim duodaman”, deydi çempionning onasi Dilfuza Bozorova.

“Birka”ni körib qotib qoldim...

“1994 yil. Tuman şifoxonasida xururg bölib işlayman. Öşa kun hamon yodimda. Kasalxonada edim. Yordamçim “roddom”da nuqsonli bola tuğilgani, holatini körişim kerakligi haqida aytib qoldi. Çaqaloqlar endi tuğilganida ularning ismlari bölmaydi. Qazaloq oyoğidagi “birka”ni körib böşaşib qoldim.