Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, departamentning Şirin şahar bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ş.A. fuqaro D.A.ning işonçiga kirib, unga tanişlari yordamida öquv kurslariga qatnaşmasdan 1 400 dollar evaziga haydovçilik guvohnomasini olib berişini aytib, oldindan 300 dollar va 1,2 mln söm pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.    

Departamentning Navoiy viloyati boşqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Navoiy şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Ç.Ya. fuqaro M.J.ga göyoki viloyat YHXBda işlovçi tanişlari orqali “B” toifadagi haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 15 mln söm pullarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Şu kabi, departamentning Yangiyöl şahar bölimi va IIV xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.T. (muqaddam firibgarlik jinoyati uçun sudlangan) fuqaro X.M.ga tanişlari orqali öquv kurslariga qatnaşmasdan haydovçilik guvohnomasini olib berişi evaziga 900 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.