1 sentabr kuni Surxondaryoning Boysun tumanidagi gaz konida avariya röy berib, atmosferaga vodorod sulfid gazi tarqaldi. Zaharli gaz atrofdagi qişloqlarga tarqalib, şahar markaziga ham yetib borgan. Ötgan 6 kun davomida gaz çiqişi töxtagani yoki davom etayotgani ma’lum emas – birlamçi rasmiy axborot berilganidan beri heç qanday qöşimça ma’lumotlar taqdim etilmayapti.

Davlat organlaridan taşqari, konga egalik qiluvçi va u yerda burğulaş işlarini olib borayotgan kompaniyalar ham sukut saqlamoqda. Şu boisdan uşbu texnogen ofat loyihaning kelajagiga qanday ta’sir qilişi noma’lum bölib qolmoqda.

Xöş, bu yerdagi işlarni qaysi kompaniyalar amalga oşirayotgandi?

Özbekistonning özlaştirilmagan eng yirik gaz koni

“Mustaqillikning 25 yilligi” (avvalgi nomi “Gadjak”) koni ança oldin, 1960 yillarda aniqlangan. Kondagi birinçi quduq ham 1975 yilda “Özbekneft” uyuşmasi tomonidan burğilangan. Ammo kon noqulay relefga ega Boysun toğlarida joylaşgani sabab, uzoq yillar uni özlaştirişning imkoni bölmay keladi.

2006 yilda Malayziyaning Petronas va Saudiya Arabistonining Delta Oil kompaniyalari konni örganişni boşlaydi. Lekin konning murakkab geologik tuzilişi, gaz tarkibida oltingugurt va uglevodorod oksidi miqdorining yuqoriligi sabab 2013 yilda işlar töxtab qoladi. Xorijiy kompaniyalar ham loyihadan çiqib ketadi.

M25 konini özlaştiriş va undan mahsulot qazib oliş loyihasi 2017 yilda boşlangan. Bitim öşa yilning aprel oyida Moskvada imzolanadi. Bunda Özbekiston hukumati bir tomondan, investorlar konsorsiumi ikkinçi tomondan şartnoma tuzadi.

Konsorsium uçta kompaniyadan iborat: “Gas Project Development Central Asia AG” (Şveytsariya), “Altmax Holding Ltd” (Kipr) va “Uzneftegazdobiça” AJ (Özbekiston davlat korxonasi).

Foto: Eriell kompaniyasi matbuot xizmati

Loyiha amalga oşirilişi boşlanişida uning umumiy qiymati 5,27 mlrd dollar deb e’lon qilingan. 2018-2022 yillarga möljallangan birinçi bosqiçda yiliga 5 milliard kub metr gazni qayta işlaş quvvatiga ega zavod qurilişi, 2023-2025 yillarga möljallangan ikkinçi bosqiçda 1,5 milliard kub metr gazni qayta işlaş hisobiga yiliga 500 ming tonna polimer mahsulotlari işlab çiqariş quvvatiga ega gaz-kimyo majmuasi barpo etilişi