Andijon şahrida oğriq bilan tuğuruqxonaga kelgan ayolning 8 oylik homilasi tölğoq çaqiruvçi dori bilan tuğdirib olindi. Ammo şifokorlar bemor köriçak bölganini tuğuruqdan keyin bilib qolişdi. Lekin endi keç edi.

Andijon viloyati perinatal markaziga köriçak bilan oğrib murojaat qilgan 26 yoşli homilador ayolni şifokorlar tölğoq keltiruvçi ukol yordamida tuğdirib olişgan. Şifokorlardan biri uning turmuş örtoğiga ayolida kuçli sehr borligini, tezda çalpak va holvaytar qilib tarqatmasa, ayoli ölişi mumkinligini aytgan. Ayolning yaqinlari şundan keyin uning ahvoli yomonlaşgani va köriçak yorilişi oqibatida vafot etganini aytyapti.

2024 yilning 22 avgust kuni 8 oylik homilador ayolda suv ketişi boşlanib, eski 3-tuğuruqxonaga (hozirgi 2-tuğuruqxona) olib boriladi. Ammo u yerda uni perinatal markaziga jönatişadi. Perinatal markaz va tuğuruqxona örtasida sarson yurgan ayolga tuğuruqxonada uç kun mobaynida oğriq qoldiruvçi ukol qilinadi. Bu şifoxonada kerakli jihozlar yöqligi vaji bilan yana perinatal markazga qaytariladi. Marhumaning opasi bu haqida gapirib berdi.

«Tuğuruqxonada 3-kuni isitmasi çiqayotgan singlimning erini va onamni çaqirib perinatal markazga yuborişadi. Çunki bola tuğilsa öpkani rivojlantiriş uçun kerakli apparat öşa yerda bor ekan. Markazda singlimni qabul qilişmaydi. Men ham yetib bordim, singlimning ahvoli yomon edi. U yerga olib keliş sabablarimizni aytdik. Yalinib-yolvordik, şu payt reanimatolog vraç tuşdi. Biz keçki soat 21larda borgan bölsak, bu paytda soat 23 lar edi. Öşa vraçga onam jon-jahdi bilan yiğlab iltimos qildi. Uning yordami bilan singlimni qabul qilişdi.

Keyin singlimni heç qanday tahlillarsiz tuğuruq zaliga olib kirişdi. Unga tomçi ukollar qilişdi va 8 oylik çaqaloqni tuğdirib olişdi».

Ayolning ahvoli tobora yomonlaşadi. Şundan keyin bemorda köriçak yorilib ketgani, zudlik bilan jarrohlik operatsiyasi qilinişi kerakligi aytiladi va Andijon şahar markaziy şifoxonasiga yuboriladi.

«Singlim ahvoli yaxşimasligini, qusganini aytdi. Uni tuğdirgan ginekolog vraç kuyovimizni çaqirib, ayoli va bolasiga ölimga katta sehr qilinganini, tezda çalpak va holvaytar qilib, «Qalandarxona» degan joyga berib qöymasa, ölib qolişi mumkinligini aytadi.

Öşa yerdagi boşqa vraç meni, onamni va kuyovimizni çaqirdi. Viloyat şifoxonasidan çaqirilgan xirurg singlimda appenditsit yorilib, içiga tarqab ketganini aytgan ekan. Zudlik bilan operatsiya qiliş uçun viloyat şifoxonasiga ötkazilişini aytdi. Viloyat şifoxonasiga kirdik, singlimni 3-4 kişi bölib tuşirişga harakat qilayotgan edik. Şunda u havo yetişmayotganini aytib, huşidan ketdi. Hammamiz dod solib, yordam söradik. Lekin singlim şu közini yumgan böyi qaytib öziga kelmadi – vafot etdi».