Omina Mamatqulovaning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilişiça, tungi navbatçilikdagi şifokor va uning yordamçisi qiynalayotganini köraturib unga heç qanday yordam berişmagan.

Şifokorlar tomonidan tuğuruqni tezlaştiriş uçun dori berilgan. Yetarli quvvatga ega bölmagan ona esa jarrohlik amaliyotisiz tuğuruqni ötkazişga majburlangan. Ayol juda köp qon yöqotib, huşidan ketgaç, operatsiya stoliga yotqizilgan.

«Kuçim yetmaydi, operatsiya qilib tuğdirib olasizlarmi desam, unaşmadi. Kuçim qolmadi. Oxiri oyoğiga yiqildim. Opalar, yordam beringlar desam, biz senga oltinçisini tuğ debmizmi, tuğasan-da kerak bölsa deb baqirişdi. Xöjayinim bilan gaplaştirişmadi, qölimdan telefonlarimgaça olib qöyişdi. Örtada Nodira va Lola ismli şifokorlar oyoqlari orasida emaklab yurdim. Qöl uzatsam, harom qölingni ol, deb jyerkib taşlaşdi», deydi Omina Mamatqulova.

Şifoxona qaydlarida bemorning taşrifidagi holati örtaça, kamqon ekanligi yozilgan. Lekin şifoxona tuğuruq bölimi boşliği Sayyora Yusupova turli vajlar bilan bemorning kasallik varaqasi va boşqa tuğuruqdan oldingi tahlillar natijalarini Kun.uz muxbiriga tanişiş uçun berişni istamadi.

U şifokorlarning bemorlarga bu tarzda muomala qilganini izohlay olmadi. Uning ta’kidlaşiça, holat bu darajada bölişi mumkin emas.

«Navbatçilikda akuşerka Lolaxon va şifokor Nodiraxon Aşurova bölgan. U holatni men ham sizga öxşab eşityapman. U darajada bölmasligi kerak. Ayolning holatiga qarab yordam körsatilgan», deya ta’kidladi bölimi boşliği.

5 kilo tuğilgan çaqaloq operatsiya jarayonida ona qornidan jonsiz holda olingani qayd etilgan. Biroq bemor va oila a’zolari bola soğlom bölgani, aynan tuğuruqqaça bölgan jarayondagi şifokorlarning beparvoligi oqibatida nobud bölganini ta’kidlamoqda.

Tuğuruq bölimi boşliği ma’lumotlarni oçiqlamagani va muxbirning savollariga javob berişdan qoçgani şubhalarni yanada orttiradi.

Çaqaloqning ona qornida soğlom bölgani, ammo tuğuruq vaqtida nobud bölgani aytilayotgan uşbu holat tegişli taşkilotlar tomonidan örganilişi va qonuniy baho berilişi lozim.