AQŞ hukumati Google’ning ulkan daromad keltiruvçi reklama texnologiyalari biznesiga qarşi iş boşladi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilişiça, 9 sentabr kuni Adliya vazirligining dunyoga maşhur qidiruv tizimi — Google’ga egalik qiluvçi Alphabet INC kompaniyasining bozordagi monopol mavqeyi işi böyiça sud jarayonlari boşlanadi.
Kompaniya ötgan yili internet foydalanuvçilari körişi mumkin bölgan savdo reklamalarini joylaştiriş orqali 200 milliard dollardan ortiq daromad olgan.
Alphabet’ning qayd etişiça, kompaniyaning muvaffaqiyati öz xizmatlarining «samaradorligiga» boğliq, biroq prokurorlar kompaniya raqobatçilarini yöqotiş maqsadida bozordagi ustun mavqeyidan foydalanganini ta’kidlamoqda.
«Bu har yili milliardlab dollar keltiradigan haqiqatda muhim yönaliş. Öylaymanki, bu sud jarayonidan barça iste’molçilar manfaatdor», — deydi Jorjiya universiteti huquq fakulteti professori Lora Fillips-Soyyer.
Bu AQŞdagi texnologik gigant duç kelgan ikkinçi yirik antimonopoliya işi hisoblanadi. Avgustda sudya Google’ning qidiruv tizimidagi ustunligini noqonuniy deb topgan edi.
Sud qarorida keltirilişiça, Alphabet INC kompaniyasi boşqa texnologik gigantlarga öz qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida örnatilişi uçun 26 milliard dollar tölagan, bu orqali kompaniya raqobatçilarining bozorda muvaffaqiyatga erişişiga imkoniyat qoldirmagan.
The New York Times’ning yozişiça, mazkur qaror hukumatning monopoliyaga qarşi boşqa, masalan, Apple, Amazon va Meta’ga nisbatan da’volariga jiddiy ta’sir körsatgan. Texnologik kompaniyaga qarşi oxirgi antimonopol qaror Microsoft’ga nisbatan 1998 yilda qabul qilingan. Ta’kidlanişiça, Google’ning monopolist deya tan olinişi yirik texnologik kompaniyalar hukmronligiga çek qöyişning boşlanişi bölişi mumkin.

















