4 sentabr kuni Afrika–Xitoy sammitida Pekin Afrikaga 51 mlrd dollar sarmoya kiritişini e’lon qildi. Kelgusida bu qarzlarning bir qismidan voz keçilişi ehtimoli ham yöq emas. Kun.uz muxbiri Xitoy–Afrika munosabatlari dinamikasi haqidagi savollar bilan tahlilçi Hikmatilla Kazakbayevga murojaat qildi.

— Xitoy odatda yöllar, töğonlar, portlar va aeroportlar kabi infratuzilma qurilişini moliyalaştiradi. Xitoyning Afrikada bunday iqtisodiy hamkorlikdan taşqari, qanday strategik maqsadlari bor?

— 2000-yillar boşida Xitoy-Afrika forumi ötkazilganidan beri Afrika bu davlat uçun strategik ahamiyatga ega bölib kelmoqda. Qizil dengiz orqali Örtayer dengiziga ötiş va Yevropaga çiqişda ham Afrikaning örni katta. Qolaversa, qit’a boy tabiiy resurslarga ega. Xitoy mintaqada temiryöl va boşqa infratuzilma obektlarini quriş bilan, şu tabiiy boyliklarni taşib ketişga intilmoqda.

Afrikadagi 27 ta davlatning rasmiy tillaridan biri fransuz tili hisoblanadi. Fransiyaning mintaqaga ta’siri tarixan kuçli bölib kelgan. Parijni köproq ğarbiy Afrika qiziqtirsa, Xitoy şarqiy va markaziy Afrikani özining asosiy savdo yöliga aylantirgan. Lekin Xitoy ğarbiy Afrikada ham ta’sir doirasini kengaytirmoqda. 2022-2023 yillarda Mali, Niger, Burkina Fasodan Fransiyaning qöşinlari olib çiqib ketildi, bunga sabab uşbu hududlarda harbiylar hokimiyatga kelişdi va ular Rossiya bilan yaqinlaşişga harakat qila boşlaşdi.

Fransiyadagi atom elektr stansiyalarining işlaşi uçun zarur uran moddasi uzoq yillardan beri aynan Nigerda qazib olinardi. Fransiya öz qöşinini Nigerdan olib çiqib ketayotganida Emmanuyel Makron Qozoğiston va Özbekistonga taşrif buyurdi va yarim yildan keyin Özbekiston–Fransiya tovar aylanmasi 800 million dollardan oşib ketdi.

Xitoyning öz hududlaridan taşqaridagi yagona harbiy bazasi ham Afrikada – Jibutida joylaşgan. Jibuti – strategik nuqtada, Adan körfazini Qizil dengizdan ajratib turadigan va Suvayş kanaliga kirib-çiqişni nazorat qiluvçi Bab-al-Mandeb böğozi böyida joylaşgan. Şu sabab bu mamlakatda köplab davlatlar özlarining harbiy bazalarini, jumladan, 2017 yilda Xitoy ham öz harbiy bazasini qurgan. Lekin Xitoy buni harbiy baza deb nomlamaydi, balki savdo kemalarni himoya qiluvçi patrul-post deb nomlaydi. Kelajakda Xitoy Afrikaning boşqa qismlarida ham harbiy baza yaratişi mumkin. Xitoyning investitsiyasi köpaygani sari, u hududlarda Xitoy investitsion xavfsizligini ta’minlovçi harbiy hududlar yaratilişi muhim.