10 sentabr kuni Oliy sud raisi örinbosari Şuhrat Polvonov hamda Toşkent şahar sudi raisi Erkin Xojaqulov poytaxtning Uçtepa tumanida bölib, hududdagi 238-sonli umumta’lim maktabi va “Sofiya Qandolat” fabrikasi faoliyati bilan tanişgan. Bu haqda mahalliy hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ularga tuman hokimi vazifasini bajaruvçi Jamşid Olimjonov hamrohlik qilgan.

Yuqori martabali sudyalarning bu harakati e’tirozlarga sabab böldi.

Jumladan, huquqşunos va bloger Zafarbek Solijonov sudya öz işini qilişi kerakligi haqida yozdi.

“Sud jarayonidan boşqa joyda uçraşişi faoliyatini şubha ostiga qöyadigan martaba egalari (ijro qiluvçi hokimiyat vakili va sudya) qandolat fabrikasida (ertaga sud protsessi iştirokçilari bölişi mumkin bölgan yuridik şaxs) birga yuribdi. Örtoqlar, sudyalarni tinç qöyaylik, iltimos.

Hozir ayrimlar aytişi mumkin, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, ta’lim dargohlaridagi real vaziyatni örganiş uçun yurgandir, deb. Unday bölmaydi, jon döstlar, tuşunaylik. Bu juda absurd argument, argument deb bölsa. Yurganidan foyda yöq, vaziyatni özgartiroladigan qonun çiqaruvçi yoki ijro vakili emas sudya.

Davlatning qaysidir siyosati böladimi, ijroning qaysidir vakolati, majburiyati böladimi, farqi yöq, sudya öz işini qilişi kerak. Uni bu siyosatlarga aralaştirmaslik şart”, deya fikr bildirgan bloger.

Şuhrat Polvonov hamda Erkin Xojaqulovning qandolat fabrikasiga “ziyorati” Sudyalar odobi kodeksiga ham töğri kelmaydi. Uşbu kodeksning 2-moddasida sudya sud hokimiyatining nufuzini tuşiradigan va sudyaning obro‘-e’tiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beğarazligiga şubha tuğdirişi mumkin bölgan xatti-harakatlardan özini tiyişi şartligi qayd etilgan.