Japarov özbek murabbiyining bu harakati Qirğiziston va Özbekiston xalqlarining döstligi va hamjihatligini körsatib berganini alohida ta’kidlagan.
“Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qöllab-quvvatlab, birdamlik va döstona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo kördi”, – deya uning sözlarini keltirmoqda qirğiz prezidenti matbuot xizmati.
Sadir Japarov Parijdagi olimpiadada özbekistonlik sportçilar yuqori natija qayd etganini ham ta’kidlagan. “Özbekistonda sportga katta e’tibor qaratilmoqda. Biz sportçilarimizni sönggi uç yil içida faol qöllab-quvvatlay boşladik. Avvallari musobaqalarda iştirok etiş uçun mablağ ajrata olmagan holatlarimiz bölgan. Hozir davlat vitaminlar bilan ta’minlaşgaça bölgan barça zarur şaroitlarni yaratyapti”, – degan davlat rahbari.

Akmal Hasanov qöşni mamlakat rahbariga minnatdorçilik bildirib, Munarbek Seyitbek öğlini sport yiğinlarida köp marta uçratgani, Parijda heç ikkilanmay uning sekundanti bölişga rozilik bildirganini ta’kidlagan.
Eslatib ötamiz, qirğizistonlik boksçi Munarbek Seyitbek öğli Parij olimpiadasidagi kumuş medali bilan, Qirğiziston boksi tarixidagi ilk olimpiada sovrindoriga aylangan edi. Uning öz murabbiyi viza muammosi sababli olimpiadaga bora olmagani sabab, nimçorak, çorak va yarim final janglarida unga Akmal Hasanov sekundantlik qildi.














