Rossiyaning Yekaterinburg şahridagi quriliş maydonçasida özbekistonlik işçi halok böldi.
Hodisa Molodogvardeytsev va Panfilovsev köçalari çorrahasidagi obektda sodir bölgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, 49 yoşli işçi 26-qavatda bölganida fasad kötargiçi («beşik») trosi uzilib ketgan, oqibatda u pastga qulagan. Jabrlanuvçini qutqarib qolişning iloji bölmagan.
E1 naşrining yozişiça, halok bölgan erkak – 1975 yilda tuğilgan Şokirbek Xusamov. Uning yonida şerigi ham bölgan, biroq u tros uzilgan paytda «beşik» çekkasiga osilişga ulgurgan va 25-qavatdagi derazadan bino içiga kirib olgan.
Hozir tergov harakatlari olib borilmoqda. Jarayon prokuratura nazorati ostidaligi ta’kidlanmoqda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari quriliş maydonçasida xavfsizlik qoidalari buzilganini istisno qilmayapti.












