Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga işlaş uçun ketgan özbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uçradi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakillari Tyumendagi «CZ GK SBK», «Şveynaya fabrika Zapadno-Sibirskaya Manufaktura», «Stalmost» korxonalari rahbariyati va bu yerda işlayotgan yurtdoşlar bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Joriy yil Sankt-Peterburg şahriga işlaş uçun borgan özbekistonlik erkak baxtsiz hodisaga uçrab, tibbiy tez yordam maşinasida «Gorodskaya Mariinskaya bolnitsa» şifoxonasiga yotqizilgan.

Natijada fuqaro moliyaviy qiyin ahvolda qolib, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga murojaat qiladi. Fuqaro tibbiy guruh nazorati ostida, yotiq holatda Sankt-Peterburg – Toşkent aviareysi orqali vatanga qaytarildi.