Usmonjon va uning onasidan taşqari ikki singlisi va yana ikki nafar vatandoşimiz muhojirlikning qattiq nonini yeyman deb Istanbulda köp qiyinçiliklarga uçraydilar. Kimisidir ellik yoşni qoralab qöyganiga qaramasdan begona xonadonda yoşi katta insonlarga enagalik qilgan bölsa, yana kimdir hali baloğat yoşiga yetmasdan goh ustaçilik, goh tikuvçilik fabrikasida işlab köradi. Ammo muammolarning keti uzilmaydi...
Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligiga qilingan murojaat vatandoşlarimiz foydasiga hal böldi.
Kuni keça uşbu fuqarolarimiz Istanbul xalqaro aeroportidan Özbekistonga uçib ketdilar. Ularning yöl xarajatlari mutasaddilar tomonidan tölab berildi.
Töliq videoni Uzbek.Life'ning YouTube'dagi kanalida tomoşa qiling.
Isfandiyor Burgutboyev,
Uzbek.Life'ning Turkiyadagi kolumnisti











