17 sentabr kuni “Mustaqillikning 25 yilligi” konidan yana oltingugurt gazi çiqa boşlaşi bilan boğliq avariyada 4 kişi halok bölgan, 11 kişi tan jarohatlari bilan şifoxonaga yuborilgan. Jabrlanganlarning 10 nafariga şu kuni uyiga javob berilgan.
Bu haqda favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qöldoşev va energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov iştirokida 18 sentabr kuni Boysundagi kon yaqinida bölib ötgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Brifing formatidagi anjumanda mas’ullar jurnalistlar savollariga javob bermadi.
Rasmiylarga köra, 17 sentabr kuni soat 16:00 larda kondagi 604-sonli quduqning yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi çiqayotgani qayd etilgan. 1 sentabr kungi texnogen ofat ham uşbu quduqda röy bergan, natijada bir neça qişloqlar aholisi uylarini taşlab çiqişga majbur bölgandi. Ikki hafta Boysun şahrida yaşagan aholi 15 sentabr kuni zaharli gaz çiqişi töxtatilgani e’lon qilinganidan keyin, yana uylariga qayta boşlagandi.
18 sentabr kungi brifingda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov hodisaning takrorlangani konning geografik joylaşuvi va öziga xos xususiyatlari bilan boğliqligini aytdi.
Quyida vazir tomonidan jurnalistlarga berilgan ma’lumotlar vazirlik keltirgan rasmiy tahrirda keltirib ötilmoqda.

Jörabek Mirzamahmudov, Özbekiston energetika vaziri:
— “Mustaqillikning 25 yilligi” koni Boysun şahridan 20 kilometr janubi-şarqda joylaşgan. Geografik jihatdan hudud toğoldi-adir relefidir. Relefning mutlaq balandligi dengiz sathidan 1000 metrni taşkil etadi.
“M-25” (“Gajak”) koni birinçi marta 1933 yilda geologik tadqiqot yöli bilan aniqlangan va 1938 yilda tayyorlangan. 1941 yilda bu yerda birinçi qidiruv quduği burğilangan.
1974 yilda 5-sonli quduqni sinovdan ötkazişda quyi bör qatlamlaridan gazning sanoat oqimlari olingan. Xuddi şu yili tuzilma kon toifasiga kiritilgan.










