19 sentabr kuni AOKAda Sudyalar oliy kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Tadbirda sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov işi yopiq körilayotgani haqida savol berildi. Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarovning ma’lum qilişiça, sud majlisida jurnalistlar iştiroki böyiça ajrim - taraflarning fikrini olgan holda çiqarilgan.
«Sobiq qişloq xöjaligi vaziri va u bilan yana 49 sudlanuvçining işi körib çiqilişiga doir işda dastlab oçiq sud majlisi bölgan va jurnalistlar unda qatnaşgan. Jurnalistlarning iştiroki böyiça taraflarning fikrini olgan holda sud ajrim çiqargan. Birinçi ajrim mazmunida jurnalistlarning iştirokiga heç qanday monelik yöq bölgan. Faqat ular iş qurollaridan foydalanişi – video-foto va ovoz yozib olişi sudda raislik etuvçining roziligi bilan amalga oşiriladi, deyilgan edi. Bu qonunda ham bor.

Çunki JPK talablaridan kelib çiqilsa, jarayonni ommaga yoritişda, oçiqlikni ta’minlaşda, albatta, taraflarning fikri inobatga olinadi. [Öşa sudda] ayrim sudlanuvçilar va ularning advokatlari jarayonni tasvirga olişga özlarining e’tirozlarini bildirgan, şundan kelib çiqib taqiq qöyilgan. Sudni yopiq ötişiga keladigan bölsak, keyingi sud majlisida sudlanuvçilardan birining advokatidan iltimosnoma tuşgan. Unda sud yopiq tarzda körilsa, jurnalistlar kiritilmasa, degan iltimosnoma kiritildi. Bu ham taraflar örtasidan muhokama qilindi. Iş köriş jarayonida har-xil ahamiyatli bölgan ma’lumotlar sizib çiqadigan bölsa va har xil muhokamalar bölsa, bu sud işiga muayyan ta’sir ötkazişi yoki sudga nisbatan ijtimoiy bosim paydo bölişi oldini oliş maqsadida sud jarayonini yopiq tarz ötkaziş haqida ajrim çiqarildi.
Ajrimdan norozi taraflar yuqori sud instansiyasiga murojaat qilişi mumkin. Bu sudyaning protsessual harakati bölib, unga sudyalar oliy kengaşining baho berişga vakolati yöq.
Bu yerda faqat sobiq vazirning işi körilmayapti, 50 kişi bor. Ularning hammasi yakdil iş oçiq körilsin, demayapti. Agar sudning bu ajrimidan norozilik bölsa, yuqori turuvçi sudga umumiy qaror ustidan protsessual şikoyat beriladi», – deya Sudyalar Oliy kengaşi mutasaddisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
5 sentabr kuni jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudi binosida sobiq qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov va boşqalarga (jami 50 kişi) oid işni jinoyat işlari böyiça Mirobod tuman sudi tomonidan birinçi instansiyada körib çiqiş böyiça oçiq sud jarayoni








