AQŞning Janubiy Karolina ştatida 13 yil içida birinçi marta mahbusga ölim jazosi qöllandi, deb xabar bermoqda CNN. Jazo inʼeksiya yordamida ijro etildi.

46 yoşli Freddi Ouens 1999 yilda Grinvilldagi dökonda sodir etilgan öğirlik paytida sotuvçini öldirgani uçun hukm qilingandi. Erkakka, odatda uy hayvonlarini uxlatiş uçun qöllanadigan tinçlantiruvçi dori — pentobarbital yuborildi.

CNN naşrining yozişiça, 19 sentabr kuni Janubiy Karolina Oliy sudi hukm ijrosini keçiktirişni rad etdi. Ştat gubernatori Henri Makmaster mahbusni afv etişdan boş tortdi.

Advokatlar Ouensning huquqlari buzilganini ta’kidlamoqda — jarayondan oldin unga in’yeksion dori haqida ma’lumot berilmagan. Dastlab, Ouensning qatl etilişi 2021 yil 25 iyunga belgilangandi.

Janubiy Karolina jinoyatçilarni qatl etiş böyiça AQŞ ştatlari orasida yetakçilardan biri edi. Şu bilan birga, mintaqa qatl uçun zarur bölgan dori vositalarini olişda muammolarga duç keldi. Ştatda dori yetişmasligi tufayli otib öldiriş orqali qatl etişga ruxsat berildi.

2019 yil yozida, Tramp prezidentligi davrida, AQŞda federal darajada çiqarilgan ölim hukmlarini ijro etişga qaytiş töğrisida qaror qabul qilindi. Öşa paytda mamlakatda 2003 yildan beri birorta ölim jazosi qöllanilmagan, ammo ştatlar hukumatiga uni mustaqil ravişda tayinlaş va amalga oşirişga ruxsat berilgandi. Agar ayblanuvçilar qotillik sodir etişdan oldin odamlarni tahqirlagan yoki yoş bolalarni zörlagan bölsa, unga oliy jazoni qöllaş taklif etilgan.

2021 yil iyul oyida AQŞ boş prokurori Merrik Garland mamlakatda ölim jazosiga vaqtinçalik moratoriy joriy etiş töğrisidagi memorandumni imzoladi. Qaror Adliya vazirligi ölim inʼeksiyalari orqali qatl etişning qançalik insoniylikka mos ekanligini tekşirişi, şuningdek, Tramp davrida Oq uy ma’muriyati tomonidan uşbu jazo böyiça kiritilgan özgartirişlarni örganişi zarurati bilan qabul qilindi.