Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida quriliş industriyasi va quriliş materiallari işlab çiqarişni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazildi.
Yiğilişda uy-joy qurib berişni va’da qilgan quruvçi va bunga pul tikkan aholi örtasida nizolar köpayib borayotgani, bunday noinsof quruvçilarga aldanib, odamlar ham uysiz, ham pulsiz qolayotgani qayd etildi.
Qayd qilinişiça, quriliş vaziri boşçiligidagi işçi guruh xorijiy tajribani örgangan va endi uy-joy sotib oliş böyiça kafolatli eskrou tizimi joriy qilinadi.
Bunda quruvçi uylar sotuvini taşkil qiliş böyiça banklar bilan şartnoma tuzadi, bu uylarni olmoqçi bölgan odamlar pulini quruvçiga emas, töğridan-töğri bankka topşiradi.
Banklar esa yiğilgan pulni quruvçiga resurs sifatida beradi. Şunda banklar quruvçi va xaridor örtasida köprik bölib, uy-joyni öz vaqtida va sifatli qurib, egasiga topşirişga kafil böladi.
Yangi tizim Samarqand şahri, Yangihayot va Sergeli tumanlarida bir yil davomida tajribadan ötkazilişi belgilandi.
Avvalroq, Kun.uz sahifalarida quriliş sohasida eskrou tizimini joriy qilişning muhimligi, dolzarbligi va afzalliklari haqida maqola e’lon qilingan edi.

















