Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovadan 25 sentabr kungi brifingda Toşkent şahridagi 188-maktabda «rus tilida sözlaşuvçi öquvçi bilan röy bergan» holat haqida söraldi.
«Rolik bola uçun qayğuriş va hamdardlik uyğotmay qolmaydi.
Biz Özbekiston tomonidan rasmiy tuşuntiriş söradik.
Ikki davlat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilikka asoslangan döstona munosabatlarda heç qanday adovatga, ayniqsa, til masalasida örin yöq va bölişi ham mumkin emas.
Izçil çora-tadbirlar köriş, jumladan, köp asrlik aloqalarimizda rus tili qöllanilişining foydali ta’sirini jamoatçilikka eslatiş, madaniy-ma’rifiy, ilmiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan özaro boyitiş kerak», — degan u.
Özbekiston tomonidan OAVdagi materiallarga huquqiy baho beriş va agar asosli bölsa, bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etgan şaxsga nisbatan zudlik bilan çora köriş söralgan. Bu masala diqqat bilan kuzatib borilayotgani ta’kidlangan.
26 sentabr kuni Milliy tiklaniş partiyasi raisi, Qonunçilik palatasi spikeri örinbosari Alişer Qodirov öz telegram-kanalida Rossiya TIV bayonotiga munosabat bildirdi.
U bola huquqi Özbekiston Respublikasining maktabida, Özbekiston fuqarosining bolasiga nisbatan buzilgani va çorasi Özbekiston xalqi nomidan qabul qilingan qonunlar asosida körilişini eslatgan.
«Bizni içki işlarimiz haqida boş qotirgunça muammolarga töla özlarining işlari bilan şuğullanişsa, töğri bölar edi. Tekis joyda töpolondan foyda çiqmasligini tuşunib yetişdi degan xulosaga ertaroq şekilli», — deydi Qodirov.
Eslatib ötamiz, 25 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda öqituvçi öquvçini kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Toşkent şahri maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi ma’lumotiga köra, bu holat 23 sentabr kuni Toşkent şahrining Çilonzor tumanidagi 188-maktabdagi rus tili darsida röy bergan.
Bolaning ota-onasi mojaroga öquvçi dars özbek tilida olib borilganiga e’tiroz bildirgani sabab bölgani haqida aytgan.

















