Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Soliq va Bojxona qömitalari tomonidan oçiq e’lon qilingan ma’lumotlar asosida soliq tölovçilarning 2024 yil 1 yarim yillik yakuni böyiça soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalaniş holatlarini tahlil qildi.
Ta’kidlanişiça, yilning birinçi yarmida umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 63,4 trln sömni (2023 yilda 127,1 trln söm) taşkil etgan. Ya’ni şunça mablağ korxona va taşkilotlarning ixtiyorida qoldirilgan.
63,5 trln söm imtiyozdan 39,0 trln söm soliq, 24,4 trln sömini bojxona imtiyozlari taşkil etadi.
Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda banklardan taşqari eng köp imtiyozdan foydalangan taşkilotlarning top-35 taligi quyidagiça (milliard sömda):

Özbekistonda tabiiy gazni markazlaşgan tartibda xarid qiliş va sotiş funksiyasini bajaruvçi UzGasTrade birinçi yarim yilda 1,1 trillion sömlik imtiyozlardan foydalangan. Avvalroq Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev birinçi yarim yillikda uşbu korxonaga gaz importi bilan boğliq ravişda 1 trln sömlik QQS qaytarib berilganini ma’lum qilgandi.
Hisobot davrida UzAirways 1,08 trln söm, Öztemiryöllar 558 mlrd sömlik soliq imtiyozidan foydalangan. Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari tarmoğining Özbekistondan ötgan qismi operatori – Asia Trans Gas esa 462,7 mlrd sömlik imtiyozlardan foydalangan.
Yanvar-iyun oylarida Enter Engineering pudrat korxonasiga 570 mlrd sömga yaqin bojxona imtiyozlari berilgan.
“Özbektelekom” 432 mlrd sömlik, shamol elektr stansiyasini qurayotgan Masdar kompaniyasining (BAA) Özbekistondagi şö’basi – Shamol Zarafshon Energy 375 mlrd sömlik, temiryöl relslari uçun temirbeton şpal işlab çiqaruvçi RWS Optimum 353 mlrd sömlik imtiyoz olgan. Holos bojxona brokeri 315 mlrd sömlik bojxona imtiyozlaridan foydalangan.
6 oy davomida UzAuto Motors – 317 mlrd sömlik imtiyozlardan, BYD Uzbekistan Factory 274 mlrd sömlik bojxona imtiyozlaridan bahramand bölgan.













