Kun.uzʼga ma’lum bölişiça, Buxoro viloyati Peşku tumanida 1989 yilda tuğilgan N.B. ismli ayol tuğuruqdan söng vafot etgan. Ma’lumotga köra, bola tirik qolgan.
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş uçun Buxoro viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi matbuot xizmati rahbari Ma’mura Safoyeva bilan boğlandi. Unga köra, holat böyiça xizmat tekşiruvi tayinlangan, örganiş işlari olib borilyapti.
Eslatib ötamiz, oldinroq Andijondagi tuğuruqxonada 8 oylik homilador ayol tuğuruqdan söng vafot etgani haqida ma’lum qilingandi. Undan oldin viloyatning Qörğontepa tumanida appenditsit taşxisi bilan gumonlanib, operatsiya qilingan ayol vafot etgan edi. Viloyatning yana bir tumani Buloqboşida şifokorlarning beparvoligi sabab soğlom çaqaloq ölimi kuzatilgan. Asakada esa tuğuruq vaqtida ona va bolaning ölimi qayd etilgan edi.








