Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) Isroilning Bayrutga bergan zarbasi natijasida «Hizbulloh» harakati rahbari Hasan Nasrulloh ölganini ma’lum qildi.

«Hizbulloh» taşkiloti rahbari va uning asosçilaridan biri Hasan Nasrulloh «Hizbulloh» janubiy fronti qömondoni Ali Karki va boşqa «Hizbulloh» qömondonlari bilan birga TsAHAL tomonidan yöq qilindi», — deyiladi Isroil armiyasi 28 sentabr, şanba kuni bergan bayonotida.

Jangçilar yetakçisi bir kun avval, «Hizbulloh» rahbariyati uçraşuv ötkazgan Bayrut janubi Dahiya tumanidagi guruh qarorgohiga berilgan «aniq havo hujumi» natijasida öldirilgan, deya xabar beradi TsAHAL.

Hasan Nasrulloh Livandagi harakatga öttiz yildan ortiq rahbarlik qilgan.

Isroil Livanda «Hizbulloh» yetakçilari yöq qilingani haqida xabar berdi

28 sentabrga ötar keçasi TsAHAL  Livan janubida «Hizbulloh» raketa bölinmasi qömondoni Muhammad Ali Ismoil va uning örinbosari Husayn Ahmad Ismoil yöq qilinganini ma’lum qildi. Aytilişiça, ular bilan birga guruhning öşa bölinmasining yana bir qança komandirlari yöq qilingan.

«Muhammad Ali Ismoil Isroil davlatiga qarşi köplab terrorçilik xurujlari, jumladan, Isroil hududiga raketa hujumi uyuştiriş va çorşanba kuni Isroil markaziga «yer-yer» sinfidagi raketa uçirilişi uçun javobgardir», — deyiladi TsAHALning Telegram-kanalida.

Netanyahu: Isroil «Hizbulloh»ni yöq qilişga «töliq haqli»

Binyamin Netanyahu 27 sentabr kuni BMT Boş Assambleyasidagi nutqi çoğida Isroil «isroilliklarni Livan bilan çegaradagi uylariga qaytariş uçun «Hizbulloh»ni yöq qilişga töla haqli», deb ta’kidladi. «Terrorçilar El-Paso va San-Diyego (Meksika bilan çegaradoş Amerika şaharlari)ni arvoh şaharlarga aylantirgan holatni tasavvur qilib köring. AQŞ hukumati bunga qaçongaça çidagan bölardi?» dedi u. Söngra Isroil «bir yildan beri bu çidab bölmas vaziyatga çidab kelayotganini» qöşimça qildi.