Şimoliy Koreya hakerlari Germaniyaning Diehl Defence mudofaa kompaniyasiga kiberhujumlarni amalga oşirdi. Ular virusli elektron maktublarni yöllab, xodimlarning kompyuterlariga kirişga uringan, deb xabar beradi Spiegel.

Qayd etilişiça, KXDR hakerlari Germaniya mudofaa kompaniyasiga Amerika qurolsozlik zavodlarida jozibador vakansiyalar mavjudligi töğrisidagi soxta e’lonlarni yuborgan.

Kimsuky guruhi hakerlari öz maqsadlariga erişiş uçun josuslik dasturiy ta’minotiga ega zararli PDF-fayllarni tarqatgan. Hujum uçun möljallangan server Diehl Defence joylaşgan mahalliy hudud nomiga öxşatib yaşirilgan, buning ustiga hakerlar loginlarni ham nemis tilida kiritgan.

Mandiant eksperti Maykl Barngartning ta’kidlaşiça, hakerlar hujumdan oldin «vaziyatni uzoq vaqt örgangan».

Ma’lumotlarga köra, Diehl Defence kompaniyasi Janubiy Koreya özining KF-21 qiruvçi samolyotlari uçun xarid qiladigan Iris-T boşqariluvçi raketalarini ham işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Axborot xavfsizligi böyiça federal ofis hujum amalga oşirilganini tasdiqladi va boşqa kompaniyalar ham Kimsuky’ning nişoniga aylanganini ma’lum qildi.

Avvalroq Frankfurt-Mayn aeroporti yaqinida joylaşgan Germaniya Parvozlar xavfsizligi agentligi (DFS) hakerlar hujumiga uçragan edi. Hujum oqibatida havo qatnovlari jadvaliga zarar yetmagan, kiberjinoyatçilar qaysi turdagi ma’lumotlarni qölga kiritgani oçiqlanmagandi.