Ushbu tadbir Soueastʼning Ease konsepsiyasi qadriyatlariga mos bo‘lib, zamonaviy shahar aholisiga qulay turmush tarzini taqdim etish hamda yangi trendni joriy qilishni aks ettiradi

Foto: SOUEAST
Yoshlarga qaratilgan strategiya: shahar hayotidagi qulaylik
Tadbirning asosiy mavzusi shahar aholisining yosh avlodiga qaratilgan Ease your life (“Hayotingizga yengillik kiriting”) konsepsiyasi bo‘ldi. Taqdimotda uslub, qulaylik va ilg‘or texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan ikkita yangi model S09 va S07 rasman taqdim etildi.
Soueast brendining rangi - “olovrang” - iliq munosabat ramzi bo‘lib, megapolisning gavjum hayotiga qulaylik tuyg‘usini olib keladi hamda foydalanuvchilarga qulay va osoyishta turmush tarzini taklif qiladi.
Soueast Motor vitse-prezidenti janob Ke Chuandeng shunday dedi:
“Savdo kanallarini har tomonlama rivojlantirish orqali Soueast 2029 yilgacha butun dunyo bo‘ylab 80 dan ortiq bozor va 1500 ta dilerlik tarmoqlarini qamrab olishni rejalashtirmoqda. 2030 yilga borib 10 ta yig‘ish zavodi va 3 ta ishlab chiqarish markazi quriladi, bu esa butun dunyo bo‘ylab mijozlar ehtiyojini to‘liq qondirish imkonini beradi”.
O‘zbekiston bozoridagi o‘rinlarni mustahkamlash: hamkorlik va rivojlanish
Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi faol ikki tomonlama hamkorlik ulkan bozor imkoniyatlarini ochib beradi. O‘zbekiston Soueast o‘zining global strategiyasini ishga tushirgan birinchi davlat bo‘ldi, bu qadimiy Ipak yo‘li bo‘ylab tarixiy hamkorlikni davom ettirish va “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusini qo‘llab-quvvatlash ramzidir.
Joriy yilning may oyida Soueast O‘zbekistonda o‘zining birinchi xorijiy filialini ochdi va bu mahalliylashtirish va mahalliy iste’molchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Soueast Motor Uzbekistan bosh direktori Jon Li shunday dedi:
“Biz butun mamlakatni qamrab oluvchi dilerlik tarmog‘ini yaratish niyatidamiz. 2026 yilgacha O‘zbekistonda raqobatbardoshlik va sotishning qulayligini ta’minlash maqsadida 40 ta dilerlik markazlarini ochish rejalashtirilgan. Soueast, shuningdek, sotuvdan keyingi ko‘plab qo‘llab-quvvatlash dasturlarini ishlab chiqdi, jumladan, 5 yil/200 000 km kafolat, bu bozor o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada ko‘pdir. Bularning barchasi o‘zbekistonlik xaridorlarga ishonch va barqarorlikni ta’minlashdir”.






