Ta’limda sifat va raqobatni ta’minlaş uçun raqamlaştiriş darajasi oşiriladi. Ötgan 5 yilda 13 ming 500 dan ortiq kompyuter sinf xonalari 200 mingta zamonaviy kompyuter bilan ta’minlandi. Kelgusi yil yana 2 mingdan ziyod kompyuter sinflari yangilanadi, bunga budjetdan 400 milliard söm beriladi. 

Ana şu kompyuterlarga elektron ta’lim kontentlari yuklanib, bolalar uçun mustaqil ta’lim oliş imkoniyati oşadi. Öquvçilar murakkab konsepsiyalarni oson özlaştirişi uçun aniq va tabiiy fanlar böyiça virtual laboratoriyalar taşkil etiladi. Yangi öquv yilidan boşlab bunday laboratoriyalar har bir viloyatda 10 tadan maktabda taşkil etiladi.

Şuningdek, maktab tizimida öqituvçi öz imkoniyati va yutuqlarini, yangi işlanmalarini e’lon qilişi uçun yagona onlayn platforma yaratilişi aytildi.