Eronning Islom inqilobi qöriqçilari korpusi (IIQK) Isroilga qasos zarbasi berilganini e’lon qildi.
Jumladan, HAMAS yetakçisi Ismoil Honiya, «Hizbulloh» yetakçisi Hasan Nasrulloh va «Quds» kuçlari qömondoni Abbos Nilforuşan öldirilganiga javoban Isroil hududiga raketa zarbasi berilgani ma’lum qilindi.
Şu bilan birga IIQK Isroilni javob zarbasini berişdan tiyilişga çaqirdi.
«Agar Isroil javob bersa, biz ularga ming marta qattiqroq zarba beramiz», deyiladi bayonotda.
1 oktyabr kuni keçqurun Eron Isroil hududiga yuzlab raketalarni uçirdi. Isroil Mudofaa kuçlari havo hujumiga qarşi tizim işga tuşirilganini e’lon qildi.










