Eron raketalari Isroil ustida. TsAHAL ma’lumotiga köra, eronliklar 180 ga yaqin raketa uçirgan. Foto: Anadolu

Ijtimoiy tarmoqlarda Eron tomonidan uçirilgan, Iordaniya ustidan ötgan, urib tuşirilgan yoki Isroil hududiga qulagan raketalar aks etgan köplab videolar tarqaldi.

Mahalliy vaqt bilan soat 21:30 dan ötganida Isroil armiyasi xavf ariganini va bombapanagohlardan çiqiş mumkinligini ma’lum qildi.

Isroillik harbiylarning dastlabki ma’lumotlariga köra, eronliklar 180 ta raketa uçirgan.

Köp ötmay Isroil mudofaa armiyasi press-attaşesi, kontr-admiral Daniel Hagari brifingda hozirça qurbonlar haqida ma’lumot kelib tuşmaganini bildirgan. Hagarining sözlariga köra, hujum vaqtida raketalar Isroil markazi va janubiga tuşişi bilan boğliq bir neça holatlar qayd etilgan. Agentliklar tarqatgan xabarlarga köra, u oqibatlar haqida ma’lumot bermagan.

Isroil armiyasi press-attaşesi bu hujum «oqibatlarga ega bölişi»ni aytgan, ammo Isroil aynan qaçon va qanday şaklda javob qaytarişiga aniqlik kiritmagan.

Jerusalem Post gazetasi Magen David Adom qutqaruv taşkiloti rahbariga tayanib, Tel-Aviv şimolidagi binoga va Isroilning boşqa bir qança joylariga raketa kelib urilgani haqida xabar bergan.

Isroildagi «Gaarets» gazetasi Quddus va Tel-Avivda kuçli portlaşlar röy bergani, şuningdek Isroil markaziga hamda janubdagi Negev sahrosiga raketalar tuşgani haqida xabar tarqatgan, ammo tafsilotlar ma’lum emas.

AQŞ prezidenti ma’muriyati ma’lum qilişiça, prezident Jo Bayden amerikalik harbiylarga Isroilga zarbani qaytarişda yordam körsatiş böyiça buyruq bergan. AQŞ va boşqa ittifoqçilar joriy yil 13 aprelida ham Eronning yopirilma zarbalarini qaytarişda Isroilga yordam bergandi.

Eronning bayonoti

Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi bu raketa zarbasi ötgan hafta oxirida Bayrutga yöllangan zarba oqibatida «Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrulloh halok bölişi, şuningdek, iyul oyi oxirida Tehrondagi portlaş oqibatida Hamas siyosiy yetakçisi Ismoil Haniya öldirilganiga (bunda ham Eron Isroilni ayblagan) javob ekanini bildirdi.