Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri örinbosari Akrom Aliyev Turkiya Savdo vaziri örinbosari Mustafo Tuzju bilan uçraşdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, muzokaralar çoğida Özbekiston va Turkiya örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari körib çiqildi.
Özaro tovar ayirboşlaş hajmini 5 milliard dollarga yetkaziş maqsadida ikki davlat örtasida imzolangan imtiyozli savdo töğrisidagi bitim doirasida tovarlar röyxatini kengaytiriş, mahsulotlarga nisbatan çeklovlarni olib taşlaş, savdo tartib-qoidalarini soddalaştiriş va sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston va Turkiya örtasida özaro savdoni kengaytiriş va elektron tijoratni rivojlantiriş böyiça aniq takliflar işlab çiqiş uçun ikki davlat ekspertlaridan iborat qöşma işçi guruh tuziş böyiça kelişuvga erişildi.












