Tuman hokimligi xabariga köra, bugungi kunda mazkur loyihaning birinçi bosqiçini amalga oşiriş böyiça işlar kölami yakuniy bosqiçga ötgan.

Gastronomik köça böylab 6 ta foto-zona barpo etilgan, 39 ta kiçik va 17 ta katta torşerlar örnatilgan, 1 ta avtobus bekati qurilgan, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni taniş tizimlari, 20 ta örindiq va axlat qutilari örnatilgan hamda WI-FI tarqatiş tizimlari montaj qilingan.

Şuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratiş maqsadida qariyb 3000 kv/m piyodalar yöli barpo etildi, qatnov yölining asosiy qismi (2600 kv m) esa tabiiy granit toşdan terildi. Hududni obodonlaştiriş işlarini dastlab sentabr oyida yakunlaş rejalaştirilgan edi.

Tuman hokimligiga köra, obodonlaştiriş işlari davomida yölning asfalt qoplamasini tabiiy granit toşga almaştiriş qarori qabul qilingani tufayli loyihaning birinçi bosqiçini yakunlaş muddati oktyabr oyining boşiga köçirildi.

Uşbu köçada joylaşgan tadbirkorlik sub’yektlari 24 soatlik iş rejimida faoliyat yuritadi va yölning özi keçki soat 20:00 dan tonggi 06:00 gaça avtomobillar uçun yopiladi va piyodalar hududiga aylanadi.