Toşkentdagi Taras Şevçenko köçasining bir qismi bir oy muddatga barça turdagi transport harakati uçun yopiladi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Mirobod tumani Taras Şevçenko köçasida 24/7 rejimda faoliyat yurituvçi köngiloçar (gastronomik) köçani taşkil etiş böyiça işlarning ikkinçi qismi jadal davom etmoqda.
Ta’mirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan 27 noyabrdan Taras Şevçenko köçasining (94-umumta’lim maktabidan) Said Baraka köçasi kesişmasigaça bölgan 200 metr qismi 2024 yilning 25 dekabr sanasiga barça turdagi transport harakati uçun yopiladi.
«Haydovçilarga vaqtinça aylanma yöllardan foydalanişni tavsiya qilamiz. Noqulayliklar uçun uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.
Oktabr oyida mazkur gastronomik köça böylab 6 ta fotozona barpo etilgani, 39 ta kiçik va 17 ta katta torşerlar örnatilgani, 1 ta avtobus bekati qurilgani, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni taniş tizimlari, 20 ta örindiq va çiqindi qutilari örnatilgani hamda WI-FI tarqatiş tizimlari montaj qilingani töğrisida xabar berilgan edi.












