TIV ma’lumotiga köra, uçraşuvda tomonlar keyingi yillarda ijobiy sur’atni namoyon etayotgan Özbekiston-Yaponiya strategik şerikligi kun tartibining dolzarb jihatlarini körib çiqdilar.

Avval erişilgan kelişuvlarni har tomonlama röyobga çiqariş, ikki mamlakat taşqi işlar vazirliklari örtasida maslahatlaşuvlarni davom ettiriş, savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda özaro hamkorlikning belgilangan mexanizmlaridan samarali foydalaniş muhimligi ta’kidlandi.

Kadrlar tayyorlaş va qayta tayyorlaş, turizm va madaniyat sohalaridagi aloqalarni kengaytiriş hamda turli darajadagi bölajak tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almaşildi.