Hindiston va Xitoy Himolaydagi bahsli çegara hududlarida keskinlikni kamaytiriş maqsadida patrul xizmatini ötaşga kelişib oldi, deb xabar beradi BBC.

Hindiston taşqi işlar vaziri Vikram Misrining ma’lum qilişiça, tomonlar «uşbu çegara hududlarida 2020 yilda paydo bölgan muammolarni hal etişga» kelişib olgan. U har ikki davlat ham yöqotişlarda duç kelgan Galvan vodiysidagi töqnaşuvni nazarda tutgan — mazkur hududdagi birinçi töqnaşuv 1975 yilda sodir bölgan. Şundan buyon qöşnilar örtasidagi munosabatlar keskinligiça qolib kelayotgan edi.

«Hindiston va Xitoyning çegaraoldi hududlaridagi faktik nazorat çiziğida patrul xizmatini ötaş böyiça erişilgan kelişuv 2020 yilda yuzaga kelgan muammolarni hal etişga xizmat qiladi», — deydi Misri.

Ammo Hindiston TIV rahbari uşbu kelişuv bahsli çegaradagi barça mojaro nuqtalarini qamrab oladimi yoki yöqmi, bunga oydinlik kiritmagan.

Misrining bayonoti Hindiston boş vaziri Narendra Modining BRIKS sammitida iştirok etiş maqsadida Rossiyaga taşrifidan bir kun oldin e’lon qilindi.

Galvan vodiysidagi qöşnilari 1996 yilda çegara yaqinida qurol va portlovçi moddalarni qöllaşni taqiqlovçi bitim sabab dubinka hamda tayoqlar bilan uruşgan edi. Oxirgi tört yil davomida harbiylar va diplomatlar örtasida ötkazilgan bir qator muzokaralar yetarliça biror natijaga olib kelmagan edi.