Hindistonning Çennai şahridagi plyajda 6 oktyabr kuni mamlakat Harbiy-havo kuçlarining 92 yilligi munosabati bilan taşkil etilgan aviaşouni tomoşa qiliş uçun 100 minglab odam töplandi, deb xabar beradi The India Today.

Qayd etilişiça, fuqarolarning aksariyati plyajga şou boşlanişidan 2-3 soat oldin kelib, qulay joyni egallab olişga uringan. Şou yakunlanganida esa tomoşabinlar plyajdan osonlikça çiqib keta olmagan, natijada odamlar jazirama havoda suvsiz va quyoşdan himoya vositasisiz qolib ketgan.

Hodisa oqibatida beş kişi halok bölgan, 200 dan ortiq insonga tibbiy yordam körsatilgan. OAV va siyosatçilar köngilsiz holat böyiça mas’uliyatni şou taşkilotçilari zimmasiga yuklamoqda — ular tomoşabinlar xavfsizligini ta’minlay olmagan.

«Neypir köprigi yaqinidagi plyajda bir kişi vafot etgani aytildi. Qolgan qurbonlar turli joylarda, uylariga ketişda halok bölgan. Bu aniq bir joyda sodir bölgan tiqilinç emas», — deydi mahalliy politsiya xodimlaridan biri.

«Köz öngimda bolalar huşidan ketib qoldi. Odamlarni yönaltirişi mumkin bölgan heç qanaqa ogohlantiriş tizimi, suv tarqatadigan kiosklar va joylarda tibbiy yordam yöq. Yöllardagi harakat esa dahşatli edi», — deya ta’kidlaydi şou iştirokçilaridan biri.